Germaniya: University of Bayreuth - magistratura bosqichi kurslaridan ingliz tili orqali bepul o‘qish
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Postning maqsadi:
Ushbu postimiz orqali Germaniya davlatida joylashgan University of Bayreuth oliygohida ingliz tilida bepul o‘qitiladigan magistratura kurslaridan biri va unga hujjat topshirish jarayonini to‘liq ko‘rib chiqamiz.
Germaniyada oliy ta’lim mutlaqo bepulmi?
Barchamizga ma’lumki Germaniya oliy ta’limi milliy va xalqaro talabalar uchun bepul bo‘lgan sanoqli davlatlardan biridir. Shu bilan bir qatorda, u dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan bir sanaladi. Har qanday odamning ham ko‘nglidan bir marta bo‘lsa ham Germaniyada o‘qish niyati o‘tishi tabiiy albatta. Endi savol tug‘iladi, "Germaniyada ta’lim haqiqatan mutlaqo bepulmi?" Javob - "Ha va Yo‘q". Javob uchun quyida to‘liq izoh berishga harakat qilaman.
Izoh:
Germaniyaning aksariyat universitetlari (milliy va hukumat tomonidan moliyalashtirilgan) talabalardan o‘quv kursi uchun to‘lov (tuition fee) talab qilmaydi. Ammo talabalar semestr to‘lovi (semester fee) to‘lashlari talab etiladi. Semestr to‘lovi qiymati turli universitetlarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p universitetlarda bu to‘lov miqdori bir semestr uchun 250 yevrodan oshmaydi. Bu unchalik katta summa emasligi va bu to‘lovni universitet talaba uchun qilingan ma’muriy ishlar evaziga undirib olinganligi uchun ham Germaniyada ta’limni bepul deya olamiz.
Ammo Germaniyadagi barcha universitetlar ham mutlaqo bepul emas. Misol sifatida Germaniyaning Baden-Wurttemberg hududiga kiruvchi shaharlardagi universitetlarni olishimiz mumkin. Ushbu universitetlar 2017/18 - akademik yillardan boshlab ayrim yo‘nalishlar uchun xalqaro talabalardan ta’lim to‘lovi talab qilishni boshlagan. Shuning uchun ham Germaniyaning barcha hududlarida oliy ta’lim mutlaqo bepul deya olmaymiz. Lekin universitetlarning ko‘pchiligida ta’lim yuqorida aytganimiz kabi bepul tashkil etiladi.
Germaniyada ingliz tili orqali ta’lim olish:
Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniya universitetlari ham ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni taklif etadi. Garchi bakalavr yo‘nalishi uchun bunday kurslar soni magistratura bosqichidan ko‘ra sezilarli darajada kam bo‘lsa ham, bu degani umuman yo‘q degani emas albatta. Bugun aynan mana shunday magistratura kursini taklif etayotgan University of Bayreuth oliygohi va u taklif etayotgan magistratura kurslaridan biri uchun hujjatlarni yuborish tartibi bo‘yicha suhbatlashamiz.
Bayreuth universiteti haqida qisqacha:
Bayreuth universiteti (dastlab Germaniya Universität Bayreuth deb nomlangan) 1975 yilda Germaniyaning Bayreuth shahrida milliy tadqiqot universiteti sifatida tashkil etilgan. Universitet yosh xalqaro universitetlar eng yuqori 100 talik ro‘yxatidan joy oladi.
Taklif etilayotgan kurs:
- History & Economics (Master of Arts)
O‘quv dasturi tili:
- Ingliz Tili
Davomiyligi:
- 4 semestr
O‘quv dasturi to‘lovi:
- Ushbu kurslarda o‘qish bepul
Hujjatlarni yuborish sanalari:
Ayni vaqtda universitetning qishki semestri uchun hujjatlarni qabul qilish davri hali ochilmagan. Qabul xalqaro talabalar uchun 2021-yil qishki semestr uchun 15-iyul sanasigacha davom etadi.
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan shakli) - ushbu dasturda o‘qish uchun siz bakalavr bosqichida tarix, iqtisodiyot yoki shunga yaqin sohalardan birida o‘qishni tamomlagan bo‘lishingiz kerak;
- Pasport nusxasi;
- IELTS (kamida 5.5) yoki unga teng boshqa xalqaro sertifikatlar;
- Motivatsion xat;
- Kollej yoki litsey diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan shakli).
Arizalarni quyidagi manzilga yuborishingiz kerak:
- eh@uni-bayreuth.de