Germaniya: Ruhr-Universität Bochum - magistratura bosqichi kurslaridan ingliz tili orqali bepul o‘qish

17-aprel 05:36
Germaniya: Ruhr-Universität Bochum - magistratura bosqichi kurslaridan ingliz tili orqali bepul o‘qish

Muddati:

15.07.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.ruhr-uni-bochum.de

Grant turi:

Magistratura

Postning maqsadi:

Ushbu postimiz orqali Germaniya davlatida joylashgan Ruhr-Universität Bochum oliygohida ingliz tilida bepul o‘qitiladigan magistratura kurslaridan biri va unga hujjat topshirish jarayonini to‘liq ko‘rib chiqamiz.

Germaniyada oliy ta’lim mutlaqo bepulmi?

Barchamizga ma’lumki Germaniya oliy ta’limi milliy va xalqaro talabalar uchun bepul bo‘lgan sanoqli davlatlardan biridir. Shu bilan bir qatorda, u dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan bir sanaladi. Har qanday odamning ham ko‘nglidan bir marta bo‘lsa ham Germaniyada o‘qish niyati o‘tishi tabiiy albatta. Endi savol tug‘iladi, "Germaniyada ta’lim haqiqatan mutlaqo bepulmi?" Javob - "Ha va Yo‘q". Javob uchun quyida to‘liq izoh berishga harakat qilaman.

Izoh:

Germaniyaning aksariyat universitetlari (milliy va hukumat tomonidan moliyalashtirilgan) talabalardan o‘quv kursi uchun to‘lov (tuition fee) talab qilmaydi. Ammo talabalar semestr to‘lovi (semester fee) to‘lashlari talab etiladi. Semestr to‘lovi qiymati turli universitetlarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p universitetlarda bu to‘lov miqdori bir semestr uchun 250 yevrodan oshmaydi. Bu unchalik katta summa emasligi va bu to‘lovni universitet talaba uchun qilingan ma’muriy ishlar evaziga undirib olinganligi uchun ham Germaniyada ta’limni bepul deya olamiz.

Ammo Germaniyadagi barcha universitetlar ham mutlaqo bepul emas. Misol sifatida Germaniyaning Baden-Wurttemberg hududiga kiruvchi shaharlardagi universitetlarni olishimiz mumkin. Ushbu universitetlar 2017/18 - akademik yillardan boshlab ayrim yo‘nalishlar uchun xalqaro talabalardan ta’lim to‘lovi talab qilishni boshlagan. Shuning uchun ham Germaniyaning barcha hududlarida oliy ta’lim mutlaqo bepul deya olmaymiz. Lekin universitetlarning ko‘pchiligida ta’lim yuqorida aytganimiz kabi bepul tashkil etiladi.

Germaniyada ingliz tili orqali ta’lim olish:

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniya universitetlari ham ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni taklif etadi. Garchi bakalavr yo‘nalishi uchun bunday kurslar soni magistratura bosqichidan ko‘ra sezilarli darajada kam bo‘lsa ham, bu degani umuman yo‘q degani emas albatta. Bugun aynan mana shunday magistratura kursini taklif etayotgan Ruhr-Universität Bochum oliygohi va u taklif etayotgan magistratura kurslaridan biri uchun hujjatlarni yuborish tartibi bo‘yicha suhbatlashamiz.

Ruhr-Universität Bochum universiteti haqida qisqacha:

Bochum shahrida joylashgan Ruhr-Universität Bochum (RUB) Germaniyaning 42,599 talabasi bo‘lgan o‘nta eng yirik universitetlaridan biridir. RUB 1962 yilda Germaniya Federativ Respublikasidagi ilk poydevor universitet sifatida tashkil etilgan. Universitet shahar tashqarisida Kerenburgdagi kampus universitet sifatida tashkil etilgan bo‘lib deyarli barcha fakultetlar binolari universitet hududida joylashgan. THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingida universitet #251-300 o‘rinni egallaydi.

See the source image

Taklif etilayotgan kurs:

  • Master Cognitive Science (MSc)

O‘quv dasturi tili:

  • Ingliz Tili

Davomiyligi:

  • 4 semestr

O‘quv dasturi to‘lovi:

  • Ushbu kurslarda o‘qish bepul

Hujjatlarni yuborish sanalari:

Ayni vaqtda universitetning qishki semestri uchun hujjatlarni qabul qilish davri hali ochilmagan. Qabul xalqaro talabalar uchun 2021-yil qishki semestr uchun may oylari o‘rtalarida ochildi va 15-iyul sanasigacha davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan shakli) - ushbu dasturda o‘qish uchun siz bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda yoki shunga yaqin sohalardan birida o‘qishni tamomlagan bo‘lishingiz kerak:
    • Psixologiya;
    • Analitik falsafa;
    • Nevrologiya;
    • Informatika/Axborot texnologiyalari;
    • Tilshunoslik;
    • Matematika;
    • Neyrobiologiya yoki bioinformatika yoki shunga o‘xshash mavzularga yo‘naltirilgan biologiya.
  2. Pasport nusxasi;
  3. IELTS (kamida 6.5 va har bir bandi 6.0 dan kam bo‘lmasligi kerak) yoki unga teng boshqa xalqaro sertifikatlar (to‘liq ma’lumot bu yerda);
  4. Motivatsion xat;
  5. Kollej yoki litsey diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan shakli).

Eslatma: Boshqa zaruriy hujjatlar ro‘yxatini qabul boshlangach universitet rasmiy saytidan olishingiz mumkin bo‘ladi!

Qabul uchun bu yerdan onlayn ariza berishingiz mumkin.