Germaniya: Ulm University - tibbiyot yo‘nalishlaridan birining magistratura bosqichida ingliz tili orqali ta’lim olish

25-may 03:18
Germaniya: Ulm University - tibbiyot yo‘nalishlaridan birining magistratura bosqichida  ingliz tili orqali ta’lim olish

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.uni-ulm.de

Grant turi:

Magistratura

Postning maqsadi:

Ushbu postimiz orqali Germaniya davlatida joylashgan Ulm University oliygohida ingliz tilida bepul o‘qitiladigan magistratura kurslaridan biri va unga hujjat topshirish jarayonini to‘liq ko‘rib chiqamiz.

Germaniyada oliy ta’lim mutlaqo bepulmi?

Barchamizga ma’lumki Germaniya oliy ta’limi milliy va xalqaro talabalar uchun bepul bo‘lgan sanoqli davlatlardan biridir. Shu bilan bir qatorda, u dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan bir sanaladi. Har qanday odamning ham ko‘nglidan bir marta bo‘lsa ham Germaniyada o‘qish niyati o‘tishi tabiiy albatta. Endi savol tug‘iladi, "Germaniyada ta’lim haqiqatan mutlaqo bepulmi?" Javob - "Ha va Yo‘q". Javob uchun quyida to‘liq izoh berishga harakat qilaman.

Izoh:

Germaniyaning aksariyat universitetlari (milliy va hukumat tomonidan moliyalashtirilgan) talabalardan o‘quv kursi uchun to‘lov (tuition fee) talab qilmaydi. Ammo talabalar semestr to‘lovi (semester fee) to‘lashlari talab etiladi. Semestr to‘lovi qiymati turli universitetlarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p universitetlarda bu to‘lov miqdori bir semestr uchun 250 yevrodan oshmaydi. Bu unchalik katta summa emasligi va bu to‘lovni universitet talaba uchun qilingan ma’muriy ishlar evaziga undirib olinganligi uchun ham Germaniyada ta’limni bepul deya olamiz.

Ammo Germaniyadagi barcha universitetlar ham mutlaqo bepul emas. Misol sifatida Germaniyaning Baden-Wurttemberg hududiga kiruvchi shaharlardagi universitetlarni olishimiz mumkin. Ushbu universitetlar 2017/18 - akademik yillardan boshlab ayrim yo‘nalishlar uchun xalqaro talabalardan ta’lim to‘lovi talab qilishni boshlagan. Shuning uchun ham Germaniyaning barcha hududlarida oliy ta’lim mutlaqo bepul deya olmaymiz. Lekin universitetlarning ko‘pchiligida ta’lim yuqorida aytganimiz kabi bepul tashkil etiladi.

Germaniyada ingliz tili orqali ta’lim olish:

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniya universitetlari ham ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni taklif etadi. Garchi bakalavr yo‘nalishi uchun bunday kurslar soni magistratura bosqichidan ko‘ra sezilarli darajada kam bo‘lsa ham, bu degani umuman yo‘q degani emas albatta. Bugun aynan mana shunday magistratura kursini taklif etayotgan Ulm University oliygohi va u taklif etayotgan magistratura kurslaridan biri uchun hujjatlarni yuborish tartibi bo‘yicha suhbatlashamiz.

Ulm universiteti haqida qisqacha:

Ulm universiteti 1967 yilda "Ulm tibbiyot-tabiatshunoslik universiteti" sifatida tashkil etilgan va Baden-Vyurtembergdagi eng yosh davlat universiteti hisoblanadi. Universitetda 2019/20-yilgi qishki semestrda taxminan 10 000 talaba tahsil olgan. Universitet o‘zining atrofida joylashgan ilm-fan rivojini qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalar bilan yaqin hamkorligi bilan tanilgan.

See the source image

Taklif etilayotgan kurs:

  • Master of Science

Qo‘shaloq daraja:

  • Ikki daraja tanlovi uchun: Università degli Studi di Padova (Padova universiteti, Italiya) Oulun Yliopisto (Oulu universiteti, Finlyandiya) oliygohlari bilan hamkorlik dasturi mavjud

O‘quv dasturi tili:

  • Ingliz Tili

Davomiyligi:

  • 4 semestr

O‘quv dasturi to‘lovi:

  • Ushbu kursda ta’lim olish uchun xalqaro talabalik badali semestriga 1500 yevroni tashkil etadi.

Hujjatlarni yuborish sanalari:

Ayni vaqtda universitetning qishki semestri uchun hujjatlarni qabul qilish davri hozirda yopilgan Qabul xalqaro talabalar uchun 2021-yil qishki semestr uchun 15-may sanasigacha davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan shakli) - ushbu dasturda o‘qish uchun siz bakalavr bosqichida tibbiyot yo‘nalishi yoki unga yaqin sohalardan birida ta’lim olgan bo‘lishingiz kerak;
  2. Pasport nusxasi;
  3. IELTS (taxminan 6.5 va undan yuqori) yoki shu darajadagi boshqa xalqaro sertifikatlardan biri;
  4. Motivatsion xat;
  5. Kollej yoki litsey diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan shakli).

Arizalarni quyidagi manzilga yuborishingiz kerak:

Ulm University
Abt. II-1 Zulassung (Admissions)
89069 Ulm
Germany