Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniya oliygohlarida bepul ta’lim olish mumkinmi?

28-sentabr 15:57
Germaniya oliygohlarida bepul ta’lim olish mumkinmi?

Germaniya oliygohlarida bepul ta’lim olish mumkinmi?

Germaniyada davlat oliy ta’lim muassasalari xorijlik talabalar uchun ham bepul. Lekin o‘qishga kirish uchun har bir universitetning o‘ziga xos talablari va til bilish darajasi mavjud.

Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?

  • Ingliz tili: minimum 6,5 daraja (IELTS);
  • Nemis tili: kamida B2 darajada bo‘lishi kerak.

Agar Germaniyadagi davlat universitetlarida bakalavr darajasi uchun o‘qishni xohlasangiz, nemis tili zarur bo‘ladi. Sababi ko‘plab davlat universitetlarida bakalavriat ta’limi nemis tilida olib boriladi. Xususiy universitetlarda ingliz tilidagi dasturlar mavjud, biroq ular kontrakt asosida o‘qitiladi.

Bakalavriatdan keyingi darajalarda ingliz tilining o‘zi bilan ham o‘qish mumkin. Bu bosqichda ingliz tilidagi xalqaro dasturlar yetarlicha. Til bilish darajasi Germaniyada o‘qish uchun muhim talablar orasida bo‘lib, talabgorning yozma va og‘zaki akademik ma’lumotlarni tushuna olishi tekshiriladi.