Germaniya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun 50% lik grant dasturi
Muddati:
15.11.2021
Davlat:
Germaniya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet va grant dasturi haqida:
Hochschule Berlin Xalqaro amaliy fanlar universiteti (ilgari BAU Xalqaro Berlin - Amaliy fanlar universiteti deb atalgan) o‘z faoliyatini 2014-yilda boshlagan va pullik, xususiy va davlat tomonidan tan olingan amaliy fanlar universiteti hisoblanadi.
Universitet tomonidan taqdim etilayotgan SRH Berlin Scholarships for non-EU Students nomli grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Dastur kimlar uchun?
- Dastur Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlardan boshqa barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.
Ariza topshirish jarayoni:
Talabalar universitetning bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Shundan so‘ng, qabul qilingan o‘quvchilar orasida o‘z anketa nusxasini va ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni tegishli o‘quv maslahatchisiga yuboradiganlari orasidan munosiblar tanlab olinadi.
Kerakli hujjatlar:
- Maktab yoki kollej/litsey diplomi va ilovasi (bakalavriatura uchun);
- Bakalavr diplomi (magistratura uchun);
- Motivatsion xat;
- Rezyume (fotosurat bilan);
- MBA talabgorlari uchun tegishli sohada 2 yillik ish tajribasi;
- Tavsiyanoma xati;
- Pasport nusxasi;
- O‘zingizni va tadbirkorlik g‘oyalaringizni tanishtirish uchun qisqa kontseptual taqdimot (5 slayd).
Til talabi:
Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish testlari natijalaridan biri bo‘lishlari shart:
- IELTS – 6.5
- TOEFL IBT – 87
- PTE – 59
Dasturning manfaatli tomonlari:
Hochschule Berlin Xalqaro amaliy fanlar universiteti tomonidan munosib talabalarning universitetda o‘qishlari uchun o‘quv dasturi to‘lovining 50% miqdorida chegirma taqdim etiladi.