Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ghent University Top-up Grants: Belgiyada magistratura bosqichi kurslari uchun grant dasturi- 1000 Yevro stipendiya

8.11.2021 22:36
Ghent University Top-up Grants: Belgiyada magistratura bosqichi kurslari uchun grant dasturi- 1000 Yevro stipendiya

Muddati:

01.03.2022

Davlat:

Belgiya

Rasmiy havola:

www.ugent.be

Grant turi:

Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Ghent universiteti OESO-DAC ro‘yxatidagi barcha mamlakatlardan Ghent universitetida magistrlik darajasini olishni xohlovchi nomzodlar uchun o‘zining "Top-up grants" grantlarini taqdim etadi. Ushbu grant faqat ingliz tilida o‘qitiladigan magistr yoki 2-magistratura dasturiga hujjat topshirgan yangi talabalar uchun amal qiladi. Sizdan ushbu grant dasturi uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Faqatgina ushbu grant o‘qishga qabul qilingan eng iqtidorli, akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 10 nafar talabalar uchun beriladi. Ammo sizdan 1-martga qadar uchbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishingiz so‘raladi.

Eslatma: Agarda siz Ghent univeristetiga 1-martga qadar hujjat topshirmagan bo‘lsangiz sizning hujjatlaringiz "Top-up granti uchun ko‘rib chiqilmaydi.

Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Oyiga € 1000 stipendiya;
  • To‘liq sug‘urta (sog‘liqni saqlash, fuqarolik javobgarligi, repatriatsiya).

Eslatma: Aviachipta va viza xarajatlarini grant qoplab bermaydi.

E’tibor bering, Gent qimmat shahar bo‘lganligi sababli hamda Belgiyada turmush darajasi yuqori bo‘lganligini inobatga olgan holda qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘lish tavsiya etiladi. Bu yerdan Belgiyada yashash uchun o‘rtacha ketadigan narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. shuningdek bu yerdan universitetda mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar bilan ham batafsil tanishib chqishingiz mumkin bo‘ladi.

Talablar:

  • Gent universitetida magistratura yoki 2-magistratura darajasini olishni xohlovchi talabalar uchun;
  • Magistratura dasturiga ariza topshirishda siz bakalavr darajasiga ega bo‘lishingiz kerak;
  • Master-after-Master dasturiga ariza topshirishda siz magistr darajasiga ega bo‘lishingiz kerak;
  • Siz OESO-DAC mamlakatlar ro‘yxatining uzun ro‘yxatidagi mamlakatlardan birining fuqorosi bo‘lishingiz kerak (o‘zbekiston ham mavjud).

Tanlash tartibi:
Ingliz tilida o‘qitiladigan har bir magistratura dasturining koordinatori o‘zlarining eng yaxshi 3 ta yangi qabul qilingan talabani "Rivojlanish bo‘yicha hamkorlik qo‘mitasiga (CDC)" taklif qiladi.
Qaror CDC tomonidan 2022 yil may oyida qabul qilinadi .

Qabul mezonlari:

  • Taraqqiyot hamkorlik qo‘mitasi ushbu qo‘mita ishchi guruhidan olingan tavsiyalar asosida arizalarni tanlab oladi.
  • Keyin qo‘mita Ghent universiteti Ijroiya qo‘mitasiga asosli tavsiyalar ishlab chiqishga kirishadi.


Asosan nomzodlarning grant uchun davogar bo‘lishlari uchun quyidagi jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratish lozim:

  • Aynan yosh chegarasi bo‘yicha cheklov yo‘q, ammo 40 yoshdan kichik bo‘lgan arizachilarga afzallik beriladi;
  • Magistratura bosqichining yo‘nalishining talabaning mamlakati uchun ahamiyatliligi;
  • Nomzodning akademik ko‘rsatkichlari ham yuqori bo‘lgani ma’qul;

Tanlangan talabalar Ghent universitetida dissertatsiya qilishlari kerak. "Top-up granti 2 yilga moʻljallangan, ammo grant oluvchi birinchi magistr yilida kamida 50 ta kreditni ola olishi kerak .

Barcha savollar yuzasidan ushbu email orqali bog‘lanishingiz mumkin