Irlandiya hukumati stipendiyalari. Xarajatlar uchun €18,500 stipendiya, tadqiqot uchun €3,250
27.09.2021 17:54

Muddati:
14.09.2021
Davlat:
Irlandiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Magistratura, Doktorantura
Hozirda Registon o'quv markazi filiallarida 15 minga yaqin yoshlar professional ta'lim olishmoqda– Registon o‘quv markazi
The Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme dasturi - bu Irlandiyaning eng yaxshi universitetlarida magistrlik, doktorlik va doktorlik dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun tashkil etilgan. Dastur davomida ishtirokchilar moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.
Dastur davomiyligi:
Dastur tanlangan kurs va yo‘nalishlarga qarab 1 yildan 4 yilgacha davom etadi.
Foydali tomonlari:
- 18500 yevro miqdorida stipendiya;
- 3250 yevrolik tadqiqot uchun mablag‘;
- Doktorantura dasturlarida ish haqi to‘lanadi: birinchi yilda 38 632 yevro, ikkinchi yilda 39 186 yevro va boshqalar
Talablar:
- Nomzodlar bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak;
- Ingliz tilini mukammal bilishi lozim;
- A’lo baholarga ega bo‘lishi shart;
- Bu yerda berilgan talablarga javob berishi lozim;
- O‘z sohasi bo‘yicha yetakchi bo‘lishi kerak;
Dasturga qabul talablari va foydali tomonlari haqida batafsil bu yerdan bilib olishingiz mumkin.
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar shu yerda.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: postgrad@research.ie postdoc@research.ie
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Nega magistratura sirtqi ta’lim shaklida o‘qitilmaydi?
27.12.2022 13:41
Magistraturadagi o‘qish vaqti mehnat stajiga o‘tadimi?
22.12.2022 09:56
Magistraturaga qaysi tillardan sertifikat kerak?
21.12.2022 14:45