Graduate Research scholarship: Avstraliyaning Melburn universitetida bepul o‘qish va tadqiqot olib borish imkoniyati

20-avgust 16:21
Graduate Research scholarship: Avstraliyaning Melburn universitetida bepul o‘qish va tadqiqot olib borish imkoniyati

Muddati:

31.10.2021

Davlat:

Avstraliya

Grant turi:

Magistratura, Doktorantura

Graduate Research Scholarship Avstraliyaning Melburn universiteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, barcha yo‘nalishdagi talabalarga ushbu universitetda magistratura va doktorantura bosqichida bepul o‘qish imkonini beradi. Taxminan 600 nomzod ushbu grant bilan taqdirlanadi. Dastur davomiyligi :

  • Magistratura bosqichi uchun 2 yil
  • Doktorantura bosqichi uchun 4 yil

Dasturning foydali jihatlari:

  • Dastur davomida kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladilar.
  • Magistratura bosqichidagi talabalarga 2 yilgacha, doktoranturadagilarga esa 3,5 yilgacha yashash xarajatlari uchun yiliga 31,200$ beriladi (ushbu mablag‘ har yili turli holatlarga (kasal bo‘lish, homila va bola parvarishi davri kabi) qarab o‘zgarishi mumkin)
  • Avstraliya hududidan tashqari boshqa hududdan ko‘chib keladigan talabalar uchun 3000$ beriladi
  • Chetdan kelgan talabalar uchun tibbiy sug‘urta xarjatlari qoplab beriladi

Nomzodalarga qo‘yilgan talab:

  • Nomzod Melburn universitetining tadqiqot magistr yoki doktoranturasiga ariza topshirgan va unga kirish talablariga javob bergan yoki hozirda Melburn universitetining tadqiqot magistr yoki doktoranturasiga o‘qiyotgan bo‘lishi kerak

Dasturga hujjat topshirish tartibi:

  • Agar siz o‘qishga yangi qabul qilinib bitiruv tadqiqotlari kursiga ariza topshirish muddati tugagunga qadar hujjat topshirgan bo‘lsangiz, siz avtomatik ravishda Graduate Research Scholarshipga qabul qilinasiz.
  • Agar siz magistrlik yoki doktorantura qabul qilinib stipendiya uchun qayta ko‘rib chiqish uchun keyinga qoldirilgan bo‘lsangiz, kelgusi yilda stipendiya olish uchun 31- oktyabrgacha onlayn ariza shaklini topshirishingiz kerak bo‘ladi

Batafsil ma’lumot ushbu havolada.

Ko‘p so‘raladigan savollar haqida bilmoqchi bo‘lsaningiz ushbu havolaga kiring.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun shu havola orqali bo‘glanishingiz mumkin.