Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Helmut Veith Stipend : Ayol-qizlar uchun magistraturani Avstriyada tahsil olish imkoniyati

27.08.2021 08:33
Helmut Veith Stipend : Ayol-qizlar uchun magistraturani Avstriyada tahsil olish imkoniyati

Muddati:

30.11.2021

Davlat:

Avstriya

Rasmiy havola:

www.vcla.at

Grant turi:

Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:Avstriyada Vienno texnologiyalar universiteti tomonidan ayol-qizlar uchun magistratura bosqichini davom ettirish uchun Helmut Veith Stipend grantini e’lon qilindi. Nomzodlardan komputer sohasiga kuchli qiziqish hamda matematika fanidan akademik baholari yuqori bo‘lishi so‘raladi;

Nomzod uchun qo‘yilgan talablar:

  1. Ushbu grant uchun 2021-2022- o‘quv yili uchun Vienno universitetining quyidagi yo‘nalishlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishi lozim:

2. Bakalavriat bosqichini Komputer hamda matematika yo‘nalishlarida tahsil olgan bo‘lishi;

3. Matematika hamda texnologiyaga kuchli qiziqish hamda yaxshi bilimga ega bo‘lishi;

4. Ingliz tilidan til ko‘nikmalari ancha yaxshi bo‘lishi kerak(har bir yo‘nalishga qarab talablar o‘zgaradi);

Foydali jihatlari:

  • Magistratura bosqichi tugagunga qadar 2 yil muddatga 6000 yevro stipendiya ajratiladi;
  • Kontrak puli to‘liq qoplanadi;

Qabul jarayoni: Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Talaba ariza topshirayotgan stipendiya turi (Helmut Veith Stipend) va talaba arizaga tegishli deb hisoblagan boshqa jihatlar tasvirlangan biriktirilgan xat (Cover Letter);
  • Tarjimaiy hol (Cv);
  • Bakalavriat bosqichida olingan baholar;
  • Bakalavriat diplomi (agarda nomzod qabul tugaguniga qadar oliygohni tamomlamagan bo‘lsa qachon tugatishi haqida muhr va shtamp urilgan ma’lumotnoma;
  • 2 nafar tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari;
  • Kamida B2 darajadagi til bilish sertifikati ;
  • Passport nusxasi;

Barcha hujjatlar ingliz tiliga yoki nemis tiliga tarjima qilingan holda topshirilishi lozim;

Barcha tegishli hujjatlar master@logic-cs.at elektron pochtasiga yagona Pdf fayl shaklida yuborilishi kerak. Email mavzuzisga (subject) “Application” deb yozish hamda Pdf fayl nomi “document.pdf” deb nomlanishi kerak.

Batafsil universitetning rasmiy sahifasidan bilib oling! Qo‘shimcha savollar yuzasidan master@logic-cs.at ushbu emailga murojaat eting.