Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi
28.03.2023 22:37
2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi. Bu haqda bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” (https://my.uzbmb.uz/national-cert) bo‘limidan olishlari mumkin. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
- Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi. Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
2024-yilda tushgan testlar bu yil ham tushishi mumkin!
11-iyul 15:12
Milliy sertifikatni dasturga kiritish shart emas!
10-iyun 18:07
Kimyo, fizika, tarix va boshqa fanlardan milliy sertifikat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘ting
16.04.2025 16:11
Abituriyent milliy sertifikat olsa, imtihon topshirishi shart emas!
25.02.2025 06:50