Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 ming 74 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor esa tanlovda ishtirok etdi. So‘nggi natijalarga ko‘ra, ulardan 6 ming 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:
• davlat granti — 3 238 nafar;
• to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.
Talabgorlar natijalarni rasmiy elektron tizim orqali shaxsiy kabinetidan bilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 ming 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.