Magistraturada ham super-kontrakt orqali o‘qish mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Magistraturada ham super-kontrakt orqali o‘qish mumkinmi?
Avvalgi yillarda magistratura uchun faqatgina til sertifikati bo‘lgan talabalar hujjat topshirishi mumkin edi, bu esa magistratura talabalarining sonini nisbatan kamaytirardi. Buning natijasida kvotalar to‘lmay qolishi holatlari ham kuzatilgan.
Lekin bu yildan til sertifikati bo‘yicha berilgan qator imkoniyatlar sababli, magistraturaga hujjat topshirganlar soni sezilarli darajada oshdi. Natijada, kvotalar to‘lib, magistraturaga kira olmaganlar soni ham ortdi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, magistraturaga kvota doirasida o‘qishga kira olmaganlarga ham qo‘shimcha imkoniyat berish maqsadida, bir talabaning o‘qishiga ketadigan sarf-xarajatlardan kelib chiqib belgilangan kontrakt asosida magistraturaga qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Biroq bu imkoniyat uchun Davlat qabul komissiyasi bayonini kutish talab etiladi. Ushbu qarorda, super-kontraktga o‘xshash 3-4 baravar kontrakt emas, balki 1 talabani o‘qitishga ketadigan sarf-xarajatlar belgilanadi. Bu summa 15-20 million so‘m atrofida bo‘lishi mumkin, lekin aniq miqdor kamroq yoki ko‘proq bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.