Mahalla “yettiligi” va ularning asosiy vazifalari
25-yanvar 17:11

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILMahalla “yettiligi” tizimi davlatimiz rahbari topshirig‘i bilan tashkil etilgan bo‘lib, har bir a’zoning mahalladagi hayotni yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalari mavjud. Quyida “yettilik” vakillari va ularning asosiy faoliyati haqida ma’lumot beramiz:
1. Mahalla raisi
- Vazifasi: Ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish, mahallaning umumiy ahvolini nazorat qilish.
2. Hokim yordamchisi
- Vazifasi: Ishsiz fuqarolarga ish topishda yordam ko‘rsatish, bandlik masalalarini hal qilish.
3. Yoshlar yetakchisi
- Vazifasi: Yoshlarni sport, musiqa va turli to‘garaklarga jalb qilish orqali bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash.
4. Xotin-qizlar faoli
- Vazifasi: Ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish orqali ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash.
5. Profilaktika inspektori
- Vazifasi: Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash.
6. Soliq xodimi
- Vazifasi: Soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish va o‘zini o‘zi band qilganlarni kichik biznes toifasiga o‘tkazishga ko‘maklashish.
7. Ijtimoiy xodim
- Vazifasi: Yolg‘iz keksalar, nogironlar va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanish.
Mahalla “yettiligi”ning asosiy maqsadi fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish va mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Dunyoni o‘zgartirgan buyuk olimlar va ularning ixtirolari
16-aprel 16:02