Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi: to‘liq jadval bilan tanishin
                                        Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi
Maktab bitiruvchilari uchun 2025-yil yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Quyida 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun imtihon sanalari va fanlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
🗓 Imtihon sanalari:
-  
9- va 11-sinflar: 26-may – 15-iyun oralig‘ida
 -  
9-sinflarda jismoniy tarbiya: 1–6-may (amaliy shaklda)
 -  
11-sinflarda kasbiy ta’lim fani: 17–20-iyun (amaliy shaklda) Manba: uzedu.uz
 
📝 Imtihon fanlari:
📚 9-sinf:
-  
Ona tili va adabiyoti / Davlat tili — yozma
 -  
Matematika — yozma
 -  
O‘zbekiston tarixi — yozma yoki og‘zaki
 -  
Jismoniy tarbiya — amaliy
 
📚 11-sinf:
-  
Ona tili va adabiyoti / Davlat tili — yozma
 -  
Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) — yozma
 -  
Tarix — yozma
 -  
Tanlov fani — yozma
 -  
Chet tili — yozma yoki og‘zaki
 
✅ Imtihondan ozod bo‘ladiganlar:
Milliy sertifikati yoki xalqaro tan olingan chet tili sertifikati mavjud o‘quvchilar tegishli fandan yakuniy imtihondan ozod qilinadi.