Maktab partalari qanday joylashtirilishi kerak? Rasmiy me’yorlar bilan tanishing

Sinf xonalarida parta va stollar qanday joylashtirilishi kerak?
Sinf xonasida o‘quvchilarning sog‘lig‘i, qulayligi va samarali ta’lim olishini ta’minlash uchun parta va stol-stullarni joylashtirishda qat’iy me’yorlarga amal qilinadi. Quyida sinf xonasidagi me’yoriy masofalar bilan tanishishingiz mumkin:
Joylashtirish tartibi quyidagicha:
-
2 o‘rinli stollar orasidagi masofa – kamida 60 sm
-
Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa – 50–70 sm
-
Ichki devor, to‘siq yoki shkaf bilan parta qatori orasidagi masofa – 50 sm
-
Oxirgi parta bilan orqa devor orasidagi masofa – 70 sm
-
Doska bilan birinchi parta orasidagi masofa – 240 sm
-
Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa – 860 sm
-
Doskaning pastki cheti bilan pol orasidagi balandlik – 70–90 sm
Ushbu tartiblar o‘quvchilarning ko‘rish, eshitish, harakatlanish va xavfsizligini hisobga olgan holda belgilangan bo‘lib, har bir ta’lim muassasasi ularni qat’iy amal qilishi zarur.