Maktabda bayram qilish, naushnik taqish va videoga olishga ruxsat yo‘q

➡️ BATAFSIL
Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkin emas
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, endilikda maktab hududida tug‘ilgan kun bayramlarini o‘tkazish taqiqlanadi. Bu chora o‘quv muassasalarida tartib-intizomni mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida joriy etilgan.
Taqiqlangan holatlar:
-
Maktab hududida tug‘ilgan kun bayrami o‘tkazish
-
Dars vaqtida naushnik taqib o‘tirish
-
O‘qituvchi va o‘quvchilarning obro‘sini tushiradigan audio yoki video materiallarni ijtimoiy tarmoqlarga joylash
-
Boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik yoki tazyiq o‘tkazish
Qoida buzilsa nima bo‘ladi?
-
O‘quvchining ota-onasi yozma ravishda ogohlantiriladi
-
Takroriy holatda:
-
O‘quvchi muassasaning ichki nazorat ro‘yxatiga kiritiladi
-
Ota-onasi maktabga chaqiriladi
-
Inspektor-psixolog ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkaziladi
-
Bu qoidalar barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi va ularga amal qilinishi nazorat ostida bo‘ladi.