Maktabda kitob yo‘qolsa kim to‘laydi va qancha?

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILMaktab kutubxonasidan berilgan darsliklar o‘quvchilarga vaqtincha foydalanish uchun taqdim etiladi. Agar kitob yo‘qolsa yoki yaroqsiz holga kelsa, kim va qancha to‘lashi kerak? Bu savolga "Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom" asosida javob beramiz.
Kim to‘laydi?
Agar darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanma yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan bo‘lsa, quyidagi shaxslar zarar miqdorini qoplashlari shart:
- O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
- Homiylar yoki o‘qituvchilar
Zarar huddi shunday darslik bilan qoplanishi yoki kitobning hisob-fakturadagi qiymati to‘lanishi kerak.
Qancha to‘lash kerak?
To‘lov miqdori sinfga qarab farqlanadi:
- 1-sinf o‘quvchilari – kitob narxining bir baravari
- 2-4 sinf o‘quvchilari – kitob narxining ikki baravari
- 5-11 sinf o‘quvchilari – kitob narxining to‘rt baravari
Kutubxona nazorati
Maktab kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar kutubxonachilar tomonidan nazorat qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilar orasida darsliklarni asrab-avaylash haqida tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Batafsil ma’lumot: Lex.uz
XulosaMaktab darsliklarini yo‘qotgan yoki yaroqsiz holga keltirgan o‘quvchilar belgilangan tartibda zarar miqdorini to‘lashi lozim. Kitobni asrab-avaylash esa barcha o‘quvchilar uchun muhim qoidadir.