Maktab

Maktabda o‘quvchilarga qat’iy taqiqlanadigan holatlar

Maktabda o‘quvchilarga telefonlardan qanday foydalanish taqiqlanganligi va tartib buzilgan holatlarda qo‘llaniladigan choralarga doir to‘liq ma’lumot

259 ko'rish

Maktabda o‘quvchilarga qat’iy taqiqlanadigan holatlar

Maktabda o‘quvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

  • Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalar cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
  • Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
  • Telefon orqali atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
  • Ta’lim muassasasining nufuziga zarar yetkazuvchi holatlarni, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizmni suratga olib, ularni atrofdagilarga namoyish etish;

O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:

  • Telefon orqali so‘zlashish, SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
  • Telefonni stol ustiga qo‘yish;
  • Musiqa tinglash;
  • Surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabi ilovalarni ishlatish;
  • Suratga olish va video tasvirga tushirish;
  • Telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

Agar tartib buzilsa:Ushbu talablar buzilgan taqdirda, ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi o‘quvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni direktor yoki direktor o‘rinbosariga topshirish hamda ota-onalarga berish huquqiga ega

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish