Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan kiritilgan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim sohasida samarasiz xarajatlarni qisqartirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida bir qator lavozimlar o‘zgartirildi. 2024-yil 30-sentabrda tasdiqlangan vazirning 288-sonli buyrug‘i bu jarayonga asos bo‘ldi.
Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, maktablarda sinflar soniga qarab kutubxonachi shtati bekor qilinadi va o‘rniga barcha maktablarda 1 shtat birligi bilan Kutubxona mudiri lavozimi joriy etiladi.
Psixolog lavozimi esa o‘quvchilar soniga qarab belgilanadi. Agar o‘quvchilar soni 1500 nafargacha bo‘lsa, 1 ta shtat, 1500 nafardan ortiq bo‘lsa, 2 ta shtat ajratiladi.
Bundan tashqari, laborant lavozimi tugatildi. Endi laboratoriya xonasi mavjud bo‘lganda, kimyo yoki fizika o‘qituvchisi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq oladi.