Malayziya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun 50% lik grant dasturi

19-iyun 04:08
Malayziya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun 50% lik grant dasturi

Davlat:

Malayziya

Rasmiy havola:

raffles-university.edu.my

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

Raffles universiteti Malayziyaning eng yaxshi xususiy, ko‘p fakultetli universitetlaridan biridir. Universitet Malayziya oliy ta’lim vazirligi (MOHE) tomonidan o‘z talabalariga turli xil dasturlarni taqdim etib kelishda tan olingan tashkilotdir. Universitet ta’lim sifati yuqoriligi bilan qolganlaridan ajralib turadi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur barcha milliy va xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi quyidagi dasturlarda bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun taqdim etiladi:

  • Faculty of AI & Robotics;
  • Faculty of Social Sciences;
  • Faculty of Business;
  • Faculty of Arts & Design;
  • Faculty of Built Environment & Regenerative Design;
  • Postgraduate Programmes.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat va magistratura dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Shundan so‘ng, BU YERDAN grant dasturi uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Til talabalari:

Nomzodlarda quyidagi darajadagi til sertifikatlaridan biri bo‘lishi kerak:

  • IELTS – 6.0
  • TOEFL IBT – 80
  • TOEFL PBT – 550
  • TOEFL CBT -213

Dasturning manfaatli tomonlari:

Nomzodlarga Malayziyaning Raffles universitetida o‘qish uchun o‘quv dasturi to‘lovining 50% miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Batafsil bu yerda