Janubiy Koreada magistratura va doktoratura bosqichini bepul o‘qish imkoniyati
Muddati:
15.10.2021
Davlat:
Janubiy Koreya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Doktorantura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
GIST Scholarship Janubiy Koreaning Gvanju fan va texnologiya institutida magistatura va doktorantura bosqichini bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturga IT ( Axborot texnologiyalari) va STEM (ilmiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika) yo‘nalishiga qiziquvchilar topshirishlari mumkin. Dastur davomida talabalar oliygohda bepul o‘qishlari, oylik stipendiya va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Foydali tomonlari:
- O‘qish kontrakt to‘lovi 100% qoplanadi;
- Magistrlarga 140.000 KRW, PhD talabalariga 295.000 KRW va xalqaro talabalar uchun 120.000 KRW oylik stipendiya;
- Tadqiqot uchun har yili magistr talabalariga 4.785.000 KRW; PhD talabalariga 12.263.000 KRW;
- 60% sug‘urta puli qoplanadi;
- Yillik bepul tibbiy ko‘rik;
- Faqat borish uchun safar xarajati (qaytish qoplanmaydi).
Batafsil ma’lumot SHU YERDA.
Talablar:
Dasturga qatnashish uchun avval GIST- Gvanju fan va texnologiya institutining magistratura yoki doktorantura bosqichiga ariza topshirishlari, tanlagan yo‘nalishlari talablariga mos bo‘lishlari lozim.
Nomzodlar, birinchi navbatda, onlayn arizani to‘ldirishlari va undagi ma’lumotlarni va quyidagi kerakli hujjatlarni to‘ldirishlari lozim:
- Diplom va baholar ilovasi nusxasi.(notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
- 2 ta tavsiyanoma xati;
- Pasportidan nusxa;
- Til sertifikati (minimum: IELTS-6.5, TOEFL-80/550, TOEIC-750, New TEPS-327) nusxasi.
Ariza topshirish haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.
Dastur haqida batafsil ma’lumotni rasmiy link orqali olishingiz mukin.