Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi dasturlarida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

16-iyun 04:36
Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi dasturlarida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

Davlat:

Buyuk Britaniya

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

Alliance Manchester Business School (Alliance MBS) - Angliyaning Manchester shahridagi Manchester Universitetining biznes maktabi. Buyuk Britaniyadagi eng obro‘li biznes maktablaridan biri bo‘lib, u Buyuk Britaniyadagi eng qadimgi ikkinchi maktab hisoblanadi.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan dastur Buyuk Britaniyadagi maktabning magistratura bosqichi dasturlarida o‘qishni istagan milliy va xalqaro talabalarni rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

Dasturning talablari:

Grant taqdim etish qarori moliyaviy ehtiyoj emas balki akademik faollikka muvofiq qabul qilinadi. Grant quyidagi sifatlarga ega nomzodlarga beriladi:

  • A’lo darajadagi akademik ko‘rsatkichlarni namoyish etishga qodir;
  • Bakalavr bosqichini kamida 2.1 yoki 1-darajali Buyuk Britaniyaning bakalavr darajasi yoki chet el ekvivalenti bilan tamomlagan;
  • Ilgari kuchli akademik obro‘si va reytingiga ega bo‘lgan universitetda o‘qigan.

Ariza topshirish jarayoni:

  • Qisman grantlar uchun nomzodlar alohida ariza berishlari shart emas. BU YERDAN universitet tomonidan taklif etilayotgan magistratura bosqichi kurslaridan biriga hujjat topshirgan va o‘qishga qabul qilingan nomzodlar orasidan munosiblariga chegirmalar avtomatik taqdim etiladi.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • Grantlar universitet tomonidan munosib nomzodlarning akademik ko‘rsatkichlariga asoslangan holda o‘quv to‘loviga chegirma tarzida taqdim etiladi.

Batafsil bu yerda