Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Birlashgan Arab Amirliklarida Magistratura va doktorantura bosqichlarida "MBZUAI Scholarship Program" to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

14.10.2021 12:03
Birlashgan Arab Amirliklarida Magistratura va doktorantura bosqichlarida

Muddati:

31.01.2022

Davlat:

Birlashgan Arab Amirliklari

Rasmiy havola:

mbzuai.ac.ae

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) magistratura hamda doktorantura bosqichlarida "Machine Learning (ML), Computer Vision (CV), Natural Language Processing (NLP)" yo‘nalishlarida to‘liq moliyalashtirilgan ’’MBZUAI Scholarship Program’’ grant dasturi orqali tahsil olish imkoniyati yaratildi. Ushbu grant dasturi sun’iy intellekt bo‘yicha ilg‘or, aniq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Grantning davomiyligi:

  • Magistratura bosqichi uchun: 2 yil;
  • Doktorantura(PhD) bosqichi uchun: 4 yil;

Grantning maanfaatli tomonlari:

  • Dastur davomida oylik stipendiya bilan ta’minlanadi:
  • 100% kontrak to‘lovlari qoplanadi;
  • Bepul turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari ham qoplanadi;

Magistratura bosqichi uchun nomzodllarga qo‘yilgan talablar:

  • 4 yiilk bakalavriat bosqichini tugatgan bo‘lishi lozim;
  • Akademik ko‘rsatkichlari ham a’lo bo‘lishi kerak, umumiy GPA 4.0 dan kamida 3.2 bo‘lishi lozim;
  • Til bilish sertifikati-min IELTS-6.0 yoki TOEFL IBT -90 yoki 1550 EmSAT;
  • GRE sertifikatining ham mavjudligi qabul jarayonida ustunlik beradi;
  • Shaxsiy bayonot (800 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak);
  • Kamida 2 ta tavsiyanoma;
  • Kirish testi;
  • Qabul intervyusi;

Doktorantura bosqichi uchun nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Bakalavriat hamda magistratura bosqichini yaxshi baholarga umumiy GPA 4.0 dan kamida 3.2 bilan tugatgan bo‘lishi lozim;
  • Til bilish sertifikati-min IELTS-6.0 yoki TOEFL IBT -90 yoki 1550 EmSAT;
  • GRE sertifikati (a minimum quantitative score of 150 in verbal reasoning, 150 in quantitative reasoning, and 3.0 in analytical reasoning);
  • Shaxsiy bayonot (800 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak);
  • Tadqiqot bayonoti;
  • Kamida 2 ta tavsiyanoma;
  • Kirish testi;
  • Qabul intervyusi;

Kerakli Hujjatlar:

  • Onlayn ariza shakli;
  • Pasport ma’lumotlari;
  • Batafsil CV;
  • Oq fonli pasport o‘lchamidagi fotosurat;

Eslatma: Dastur uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 31.01.2022.