Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Mentalaba.uz: Qanday qilib 40 dan ortiq OTMga bir zumda hujjat topshirish mumkin?

Kecha, 09:30
Mentalaba.uz: Qanday qilib 40 dan ortiq OTMga bir zumda hujjat topshirish mumkin?

Mentalaba.uz — oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni avtomatlashtirgan va abituriyentlarga maksimal qulaylik yaratadigan platforma. Quyida siz ushbu platformadan qanday to‘g‘ri foydalanish haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lasiz.

1. Tizimga kirish

Hujjat topshirishdan oldin foydalanuvchi sifatida platformaga kirishingiz zarur. Buning uchun:

  • Mentalaba.uz saytiga (www.mentalaba.uz) yoki mobil ilovasiga kiring;
  • “Kirish” tugmasini bosing;
  • Telefon raqamingizni kiriting va SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting;
  • Profilingizni yaratish uchun pasport seriyasi va tug‘ilgan sanangizni kiriting — ushbu ma’lumotlar asosida yagona davlat ma’lumotlar bazasidan siz haqingizdagi rasmiy ma’lumotlar avtomatik yuklanadi. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida sertifikat va yutuqlarizgizni kiritishingiz mumkin.

👉 Bu jarayon tez va qulay bo‘lib, ko‘p hollarda 1-2 daqiqada yakunlanadi.

2. Universitet tanlash

Ro‘yxatdan o‘tgach, siz uchun 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi (OTM) ochiq bo‘ladi. Platformada:

  • Universitetlar reytingi va to‘liq ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin;
  • Har bir OTM sahifasida:
    • Ta’lim yo‘nalishlari;
    • Kontrakt narxlari;
    • Qabul shartlari va kirish ballari;
    • Universitet joylashuvi (manzili) va aloqa ma’lumotlari;
    • Chegirmalar yoki grant dasturlari haqida batafsil axborot taqdim etiladi.

✅ Maxsus filtrlar yordamida siz yo‘nalish, narx, hudud yoki ta’lim shakliga qarab izlash imkoniga egasiz.

  1. Hujjat topshirish

Tanlangan universitetga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • O‘zingizga mos OTM yoki yo‘nalishni toping va “Hujjat topshirish” tugmasini bosing;
  • Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan yo‘nalishingiz uchun o‘zingizga mos ta’lim shakli va ta’lim tilini tanlang va hujjat topshiring.

🟢 Mentalaba.uz orqali hujjat topshirish mutlaqo bepul.

4. Natijalarni kuzatish

Hujjat topshirganingizdan so‘ng, platforma orqali quyidagilarni kuzatishingiz mumkin:

  • Arizangiz holati: ko‘rib chiqilmoqda / qabul qilindi / qo‘shimcha hujjat kerak / qabul qilinmadi;
  • Universitet tomonidan yuborilgan rasmiy xabarnomalar;
  • Platforma sizga SMS xabarnoma yuboradi, shuning uchun har doim jarayonni nazorat qilib turish oson.

🔔 Agar siz tanlangan universitetda imtihon topshirishingiz kerak bo‘lsa, unga ham platformaning “Onlayn test” bo‘limi orqali tayyorlansangiz bo‘ladi.

✅ Yakuniy eslatma

Mentalaba.uz sizga faqat hujjat topshirish imkoni emas, balki eng mos universitetni tanlash, grantlar haqida bilib olish va kirish jarayonini onlayn boshqarish imkonini beradi. Platformadan muntazam foydalanib, yangiliklardan xabardor bo‘lib boring