PTU talabasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi
🔬 Talabamizning ilmiy ishi va unga ilova qilingan hujjatlar MDH davlatlarining yetakchi ilmiy ekspertlari tomonidan yuqori baholanib, Ilmiy kengash tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Mazkur yutuq uning ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik qobiliyati hamda ilm-fanga bo‘lgan yuksak qiziqishining yorqin ifodasidir. Tanlov ilmiy tadqiqotlarni xalqaro miqyosda e’tirof etish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan nufuzli platformalardan biri hisoblanadi.
✨ Pharmaceutical Technical Universityda talabalar ilk bosqichdanoq ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etilib, zamonaviy bilim, tanqidiy fikrlash va xalqaro akademik muhitda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur ko‘nikmalarni egallaydilar.
👏 Komola Abdijalilovani ushbu muhim xalqaro yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy hamda akademik faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
🌍 Siz ham xalqaro muvaffaqiyat sari ilk qadamni PTU bilan boshlang!