Metsenat: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyatidan talabalar uchun stipendiya
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Metsenat loyihasida yan bir stipendiya dasturi e’lon qilindi.
Stipendiya nomi: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati stipendiyalar dasturi
Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirish, iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi "Uzbekistan GTL" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021-2022 oʼquv yili uchun III stipendiyalar dasturini e‘lon qiladi.
Stipendiya miqdori 3 bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oyma-oy 10 oy davomida to‘lab boriladi.
Bakalavr va magistraturaning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiyaning 10 oylik summasi 7 oy davomida oyma-oy to‘lab boriladi.
Necha kishiga beriladi: 12 nafar
Stipendiya kimlar uchun?
- Nomzod 30 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak;
- OTMning 3-4 -kurs kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavr hamda 1-2 kurs magistratura bosqichi talabalari ishtirok eta oladi.
Ishtirokchilarning ta’lim yo‘nalishi haqida BATAFSIL
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza qanday yuboriladi va nimalar talab qilinadi?
GTL stipendiyasi tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar elektron shaklda (skaner nusxalar shaklida), xat mavzusini “GTL stipendiyasi” deb ko‘rsatib, scholarship@gtl.uz elektron pochta manziliga yuboriladi:
- O‘qish joyidan ma’lumotnoma;
- Tanlovda qatnashish uchun to‘ldirilgan anketa;
- Ingliz, rus yoki o‘zbek tilidagi motivatsiya xati (Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra);
- Patentlar yoki fan sohasidagi yutuqlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
- Turli loyihalar / amaliyotlarda qatnashish to‘g‘risidagi sertifikatlar / tavsiyanomalar nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
- Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga, Ariza beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 2 -ilovasida ko‘rsatilgan shaklda to‘ldirilgan va imzolanganligi to‘g‘risidagi rozilik;
- Chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar yoki hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
Musobaqa o‘tkazilish tartibi haqida BATAFSIL
Imtiyozlar:
- GTL Stipendiyasi har yili tanlovning stipendiya sohiblariga bir o‘quv yil davri uchun tayinlanadi.
- GTL stipendiyalarini tayinlash Kompaniya rahbariyati va mas’ul mutaxassislaridan iborat bo‘lgan Hayatning qarori bilan tasdiqlanadi.
- O‘quv yili davomida kompaniya tomonidan GTL stipendiyasini olayotgan stipendiya sohiblarining bunga muvofiq yeki yo‘qligini aniqlash uchun har chorakda o‘zlashtirish monitoringi otkaziladi.
- GTL stipendiyasi sohiblari Kompaniyaning kadrlar zaxirasiga kiritaladi.
- Kompaniya Stipendiya sohiblariga sanoat yoki diplom oldi amaliyotni o‘tashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Hujjatlar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so‘ng ichki imtihon orqali g‘oliblar aniqlanadi.
Ariza topshirish uchun SHU YERGA kiring.