Milliy sertifikat qanday imtiyoz beradi?
22.09.2023 09:34

- Agar o‘qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo‘shib beriladi!
- Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, tegishli fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya’ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo‘lsa 93 ball, 2-blok fani bo‘lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.
- Agar 60% dan 85% gacha natijani qo‘lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya’ni 80 foizlik natijani qo‘lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!
- Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya’ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o‘tadi!
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalarning o‘quv kurslari va to‘garaklardan topgan daromadlari soliqqa tortilmaydi
12-sentabr 17:04
Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot
05-sentabr 09:39
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarga stipendiyalarni oshirish to‘g‘risida ma’lumot berdi
04-sentabr 16:03
Ayrim savollarga batafsil javoblar.
04-sentabr 08:17