Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Monochrome Photography Awards

17.03.2022 18:35
Monochrome Photography Awards

Muddati:

03.07.2022

Rasmiy havola:

monoawards.com

Grant turi:

Tanlovlar

Monochrome Photography Awards — professional fotograflar va havaskorlar uchun yillik tanlov. Tanlov g‘olibi “Yil monoxrom fotografi” va “Yil monoxrom kashfiyoti” unvonlari sohibiga aylanadi va moliyaviy mukofot oladi. Tanlovda ishtirok etish uchun barcha janr va toifadagi oq-qora fotosuratlar qabul qilinadi.

💰Professional fotograflar orasida g‘olib quyidagilarga ega bo‘ladi:

▪2000$;

▪“Yil monoxrom fotografi” unvoni;

▪Tanlovning onlayn galereyasida ishini chop etish imkoniyati.

Havaskor fotograflar orasida g‘olib quyidagilarga ega bo‘ladi:

▪1000$;

▪“Yil monoxrom kashfiyoti” unvoni;

▪Tanlovning onlayn galereyasida ishini chop etish imkoniyati.

Talablar:

Tanlovda tanlov mavzusiga qiziqqan har bir kishi ishtirok etishi mumkin. Yosh, millat va fuqarolik bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.

Tanlovning umumiy shartlari:

▫Faqat oq-qora suratlar qabul qilinadi;

▫Fotosuratlarni plyonka yoki raqamli kamerada olish mumkin;

▫Ishlarni tanlov veb-saytiga yuklash lozim;

▫Cheksiz miqdordagi rasmlarni yuklashingiz mumkin;

▫Boshqa tanlovlarda qatnashgan suratlarni ham yuborishingiz mumkin;

▫Rasmlar olingan vaqt ahamiyatsiz.

Suratlarga qo‘yiladigan talablar:

▫sRGB yoki Adobe98 rang maydoni, 8-bit;

▫Uzun tomoni 900 pikseldan oshmasligi kerak (minimal eni 600 piksel);

▫JPEG formati;

▫Maxsus belgilar, logotiplardan foydalanish taqiqlanadi;

▫Faqat suratlar qabul qilinadi, ramkalarsiz.

✔Barcha fotosuratlar tanlov ishtirokchilarining original ishi bo‘lishi shart.

Ishlar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: originallik, ijodkorlik, uslub.

🕛Muddat: 2022-yil, 3-iyul.