Oliy ma’lumotli kadrlar uchun davlat buyurtmasi yangi tartibda belgilanadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Davlat buyurtmasi endi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 49-sonli qarori bilan “Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi. Yangi nizomga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma orqali shakllantiriladi.
Davlat buyurtmasi qanday belgilanadi?
Yangi tizim asosida mehnat bozori talabi tahlil qilinib, kadrlar tayyorlashga ehtiyoj har yili yangilanib boriladi. Davlat buyurtmasi 4 yillik prognoz asosida shakllantiriladi, lekin mehnat bozoridagi o‘zgarishlar inobatga olinib, har yili tuzatishlar kiritiladi.
Platformaga kiritiladigan ma’lumotlar
Yangi tizim asosida davlat buyurtmasini shakllantirish uchun quyidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi:
✔ Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan aholi soni
✔ OTM bitiruvchilarining rasmiy bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
✔ Mehnat resurslari balansi va bo‘sh ish o‘rinlari statistikasi
✔ “HEMIS” axborot tizimida mavjud bo‘lgan bitiruvchilar va oliy ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlar
Yangi tartib qanday o‘zgarishlar keltiradi?
📌 Davlat buyurtmasi shakllantirilishi aniq mexanizmlar asosida olib boriladi.📌 Ish beruvchilarning kadrga bo‘lgan ehtiyoji real mehnat bozori tahliliga asoslanadi.📌 Davlat buyurtmasi faqat dolzarb va talab yuqori bo‘lgan sohalarga ajratiladi.
Davlat buyurtmasi qachon tasdiqlanadi?
2025-yildan boshlab, har yili 1-maygacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga davlat buyurtmasi parametrlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi tizim oliy ta’limni mehnat bozoriga moslashtirish va kadrlar tanqisligini kamaytirish uchun joriy etilmoqda.