O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalarini qanday bilish mumkin
19.08.2023 11:05

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
- my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish “ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
- mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
- Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim savollarga javoblar
02-avgust 15:48
O‘qishni ko‘chirish uchun transkript berishmayaptimi?
31-iyul 08:57
Rad etilgan arizadan na’muna
25-iyul 10:45