O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun qancha to‘lash lozim?
O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.
Hozirgi kunda BHM — 340 ming so‘mni tashkil etadi va uning yarmi esa 170 ming so‘m hisoblanadi.
Quyidagi toifaga kiruvchilar esa to‘lovdan ozod etiladilar:
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik" uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari)
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar
Avvalroq o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish 15-iyuldan boshlanishi xabar qilingandi





