"Perevod" qilish

O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali 15-iyuldan boshlanadi hamda 5-avgustgacha davom etadi

1 215 ko'rish

Yangilangan:

O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi brifingda ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish