O‘qishni ko‘chirish natijalari tasdiqlandi – kimga ruxsat berildi?
2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestri uchun qishki perevod natijalari e’lon qilindi! Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha tavsiya etilganlar ro‘yxatini tekshirishi mumkin.

Qishki perevod natijalari e’lon qilindi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestri uchun o‘qishni ko‘chirish natijalari e’lon qilindi. Talabalar Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga asosan, faqat 2 ta uzrli sabab asosida arizalarini topshirgan holda ko‘rib chiqildi.
O‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati
Vazirlik tizimidagi OTMlarga o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi. Quyidagi havola orqali ro‘yxatni yuklab olishingiz mumkin:
Muhim eslatma
O‘qishini ko‘chirishga murojaat qilgan barcha talabalar tegishli OTM mas’ullari bilan bog‘lanishlari yoki ularga shaxsan uchrashishlari talab etiladi.





