Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qituvchilar maktabda qancha vaqt ishlashi kerak?

07-sentabr 15:53
O‘qituvchilar maktabda qancha vaqt ishlashi kerak?

O‘qituvchilarning maktabdagi ish vaqti ularning yuklamasiga bog‘liq bo‘ladi va bu maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida aniq belgilangan. Mehnat kodeksining 174-moddasiga ko‘ra, mehnat tartibi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning ish vaqti ular olgan ish stavkasi va yuklamasidan kelib chiqib belgilanadi.

Misol uchun, 1 stavka (yuqori sinflarda 20 soat, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchilar haftasiga 36 soat ishlashi kerak. Agar o‘qituvchi 10 soat dars bersa, undan kun bo‘yi maktabda qolishi talab qilinmaydi. Ish vaqti pedagogik yuklama asosida belgilanadi.

Yuqori sinf o‘qituvchisi 10 soat dars bersa, u haftasiga 18 soat ishlashi kifoya. 30 soat dars yuklamasi bo‘lgan o‘qituvchi esa haftasiga 54 soat ishlashi lozim.