Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qituvchilar uchun namunaviy odob-axloq qoidalari

22-yanvar 16:32
O‘qituvchilar uchun namunaviy odob-axloq qoidalari

2023-yil 31-avgustda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari bo‘yicha pedagoglarga quyidagi talablar qo‘yilgan:

1. O‘quvchilarga nisbatan mas’uliyat va hurmat

  • Jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik.
  • O‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlari yoki boshqa shaxslar oldida muhokama qilmaslik.
  • O‘quvchini ommaviy ravishda izza qilmaslik.

2. Ota-ona va rahbariyat bilan hamkorlik

  • Chet elga chiqib ketgan o‘quvchilar haqida ma’lumotlarni o‘z vaqtida muassasa rahbariyatiga yetkazish.
  • O‘quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik.

3. Axborot va manfaatlarni himoya qilish

  • Ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni uning manfaatlari va obro‘siga zarar yetkazmaslik uchun yoki shaxsiy maqsadlarda ishlatmaslik.
  • Ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarning oldini olish.

4. Holat va voqealarga zudlik bilan javob berish

  • Biror-bir noxush holat yoki hodisa yuz bersa, zudlik bilan muassasa rahbariyatini xabardor qilish.

5. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

  • Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish.
  • Zararli odatlar, diniy ekstremistik ta’sirlar va "ommaviy madaniyat"ning yot ta’sirlaridan ogohlantirish.

6. Shaxsiy namuna va do‘stona munosabat

  • O‘quvchilarga ibrat bo‘lib, shaxsiy namuna ko‘rsatish va ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish.

7. Qoidalarni o‘quvchilarga tushuntirish

  • Odob-axloq qoidalarini har haftaning juma kuni o‘tkaziladigan “Sinf soati”da o‘quvchilarga keng tushuntirish.

Asos: 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyruq.