O‘quvchi daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘quvchi daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarmi?
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 51-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari farzandlarining tarbiyasi va rivojlanishi uchun ma’lum majburiyatlarga ega. Ota-onalar farzandlarini vatanparvarlik, mehnatsevarlik va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari va ularning ta’lim jarayonidagi mas’uliyatini nazorat qilishlari lozim.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrug‘iga ko‘ra, o‘qituvchilarning o‘quvchilarga daftar tuttirish majburiyati yo‘q. Bu shuni anglatadiki, daftar tutmagan o‘quvchi uchun o‘qituvchi emas, balki ota-ona javobgar bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq, ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayonidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.