OSCE Akademiyasida to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida o‘qish uchun grant dasturi-360 Yevro oylik stipendiya
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy Ma’lumotlar:
OSCE akademiyasi Bishkekdagi jamoat fondi bo‘lib , 2002 - yilda Qirg‘iziston hukumati va Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek hozirda ushbu OSCE akademiyasi tomonidan Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston davlatlaridan bo‘lgan ilg‘or, yetakchi yoshlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturini e’lon qildi. Har yili 60 nafargacha bo‘lgan siyosiy fanlar, xalqaro munosabatlar nizolarini bartaraf etish, xalqaro taraqqiyot tadqiqotlari hamda iqtisodiyot va boshqaruv yo‘nalishlariga kuchli qiziqish bildirgan yoshlarni tanlov asosida qabul qiladi.
Barcha nomzodlar ushbu 2ta yo‘nalish bo‘yicha OSCE akademiyasida o‘z magistratura kurslarini davom ettirishlari mumkin:
- “Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot”
- “Siyosat va Xavfsizlik”
Muhim: Magistratura kurslari 2022-yil 1-sentabrda boshlanadi hamda 2024-yil 29-fevralga qadar davom etadi.Dasturga muvaffaqqiyatli qatnashayotgan nomzodlar 2022-yil 1-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan yozgi maktabda ishirik etishlari lozim. Ushbu dastur doirasidagi barcha kursda darslar faqatgina ingliz tilioda olib boriladi.
Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:
- 4 yillik bakalavriat bosqichida ("Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot yoki Siyosat va Xavfsizlik” yo‘nalishlarida yoki shunga aloqador yo‘nalishlarda)tahsil olgan bo‘lishi zarur;
- Ingliz tilni a’lo darajada bilish talab etiladi;
- Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston davlatlaridan birining fuqorosi yoki boshqa har qanday OSCE akademiyasiga a’zo bo‘lgan davlat fuqorolari bo‘lishi lozim;
Grantning manfaatli tomonlari:
- To‘liq grant asosida tashil oladilar;
- Oylik 360 Yevro stipendiya;
- Bishekga borish samaliyot xarajatlari (Ekonom klass);
- Tibbiy Sug‘urta xarajatlari qoplanadi;
- Eng yaxshi o‘qigan, GPA si yuqori bo‘lgan talabalar Yevropada haq to‘lanadigan amaliyot dasturlariga yuboriladi;
Dastur uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun :
- “Siyosat va Xavfsizlik” yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan nomzodlar ushbu link orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak;
- “Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot” yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan nomzodlar ushbu link orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak;
Eslatma: Faqatgina birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlargina intervyuga chaqiriladi;
Qo‘shimcha batafsil ma’lumotlar yuzasidan ushbu manzilga murojaat etishinggiz mumkin;