Ota-onalar farzandlarini muntazam ravishda maktabga kelishlarini taʼminlashi shart
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
«Taʼlim to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus taʼlim yoki boshlang‘ich professional taʼlim olishini taʼminlashi, bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini taʼminlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 340 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 Ushbu huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 1 mln 700 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 Bolalarning majburiy umumiy o‘rta taʼlim, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish 3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 Ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 5 mln 100 ming so‘mdan 8 mln 500 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga 1 mln 700 ming so‘mdan 2 mln 380 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 2 mln 380 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga 2 mln 380 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa, 3 mln 340 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.