O‘zbekistonda nemis temir yo‘llari uchun mutaxassislar tayyorlanadi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Oʻzbekistonda Germaniya temir yoʻllari uchun mutaxassislar tayyorlanadi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi oʻrtasida Germaniya temir yo‘llari uchun mutaxassis tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzolandi.
“Deutsche Bahn” – Germaniyaning asosiy temir yoʻl operatori bo‘lib, 100% davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 mlrd 303 million yevroni tashkil etadi.
Endilikda Germaniyada transport va muhandislik sohalarida ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz ushbu davlat standartlari asosida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy taʼlim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga oʻrgatiladi.
“Germaniya temir yoʻl transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz baland va ularni nemis standartlari asosida Oʻzbekistonda oʻqitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni esa “Deutsche Bahn” tarmogʻiga ishga joylashtirishga tayyormiz”, – dedi Niko Varbanoff.