O‘zbekistondagi 2 oliygoh TOP-500 ro‘yxatdan joy oldi!

24.03.2023 04:44
O‘zbekistondagi 2 oliygoh TOP-500 ro‘yxatdan joy oldi!
"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Sifatli ta'lim. Jamoaning barcha a'zolari sifatli ta'lim uchun kurashishlari kerak. Biz sifatli ta'limni ta'minlashimiz kerak.
– Registon ta'lim loyihasi

2 ta universitetimiz “Fan sohalari” reytingida TOP-500 talikdan oʻrin oldi

Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.