Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonning nemis tili o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshiradi

Bugun, 10:33
O‘zbekistonning nemis tili o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshiradi

Nemis tili o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshiradi

Hukumat qaroriga asosan, O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish va yoshlarni Germaniyada kasbiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida professional ta’lim muassasalarining 27 nafar nemis tili o‘qituvchilari Germaniyaning “TELC” til o‘qitish markazida malaka oshirish kursiga yuborildi.

16-oktabr kuni malaka oshirishga saralab olingan o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, safardan ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar haqida fikr almashildi. O‘qituvchilar 8 hafta davomida “TELC” markazida til darajalari va kasbiy ko‘nikmalarini oshirishadi.

Kurs davomida o‘qituvchilar zamonaviy til o‘rgatish metodikasiga asoslangan intensiv tayyorlov kurslarida ishtirok etib, nemis tilini o‘qitishning eng so‘nggi uslublarini o‘zlashtirishlari kutilmoqda.

O‘qituvchilar Toshkent xalqaro aeroportidan Berlin shahriga jo‘nab ketishdi.