O‘zingizga bo‘lgan ishonchni orttiradigan 10 ta maslahat
9.09.2023 09:58
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
- Tayyorgarlik ko‘ring. Inson qachongi bir ishga puxta tayyorlanib, kerakli bilimlarni olib keyin ishni boshlasa, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘ladi.
- O‘zingiz bilan har doim haqqoniy munosabatda bo‘ling. O‘z kamchiliklaringizni boringizcha qabul qiling.
- Sport bilan shug‘ullaning. Inson o‘zini tashqi ko‘rinishidan qoniqsa o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham yuqori bo‘ladi.
- Komfort zonadan chiqing. Inson komfort zonada yashasa, u rivojlanishdan to‘xtaydi. Komfort zonadan tashqarida, qiyinchilikda yashagan insonni esa doim o‘ziga ishonchi baland bo‘ladi.
- Tashqi ko‘rinishingizni o‘zgartirib turing. Kiyim, soch turmagi, oyoq kiyimlaringizni vaqt-vaqti bilan o‘zgartirib turing. Hayotingizga rang-baranglik qo‘shing.
- O‘tmishdagi g‘alabalaringizni eslang. Tushkunlikka tushib bir ishni uddalay olmagan paytingizda o‘tmishdagi g‘alabalaringizni eslang. Bu sizga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, ishonchni orttiradi.
- Qaddingizni tik tuting. Inson qachonki qaddini tik tutib gapirsa, nutqi ham ishonch bilan chiqadi. Har doim qaddingizni tik tutishga odatlaning.
- O‘zingizni boshqalar bilan solishtirmang. O‘zingizni hozirgi natijangizni boshqalar bilan solishtirsangiz, bu sizni katta ishonchsizlikka yetaklashi mumkin.
- Bu dunyoda hech kim ideal emasligini tushuning. Ya’ni atrofdagi barchada kamchiligi bor. Sizda ham qanaqadir kamchilik bo‘lsa, hech qachon o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang. Hech kim ideal emas.
- Atrofingizga to‘g‘ri insonlarni to‘plang. Atrofingizdagi insonlar sizga motivatsiya berib, sizni qo‘llab quvvatlashi kerak. Ushbu faktor ham sizni tushkunlikka tushmasdan, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishda katta rol o‘ynaydi.(Pulatov Jahongir)
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Moliyaviy mustaqil OTMlar "Tashabbusli byudjet"dan chetlatiladi
17-yanvar 19:32
Prava uchun pul muammomi? "Yoshlar daftari"dan foydalaning!
16-yanvar 15:48
14-yanvar bayram sanasi, lekin dam olish kuni emas!
13-yanvar 19:02