Pedagog xodimlar uchun beriladigan ustama turlari va imtiyozlar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Pedagog xodimlarga beriladigan ustama turlari haqida bilasizmi?
O‘qituvchilarga beriladigan qanday ustamalar bor? Ular necha foiz miqdorda beriladi?
Pedagog xodimlarga beriladigan bir qancha ustama turlari bor. Biz ularning bir qanchasini ushbu maqolada jamladik.
Direktor jamg‘armasi hisobidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga beriladigan ustamalar
Mazkur ustamalar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 10 foizdan – 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda tayinlanadi. Uning tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan.
Fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlariga to‘lanadigan 10 foizlik har oylik ustama
Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini sifatini yanada yaxshilash maqsadida, fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar rahbarlarining bazaviy tarif tavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanadi.
Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishgan maktab rahbariyati hamda o‘qituvchilariga to‘lanadigan 40 foizgacha ustamalar
O‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktab o‘qituvchilari va rahbariyatiga 40 foizgacha ustamalar to‘lab beriladi.
Rahbar va pedagog kadrlarga ballar asosida beriladigan ustamalar:
- Birinchi 5 foiz: 40 foiz
- Keyingi 10 foiz: 30 foiz
- Keyingi 15 foiz: 20 foiz
- Qolganlariga: 10 foiz
Xalqaro tan olingan yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilariga beriladigan ustamalar
Xalqaro sertifikat egalari 50 foiz, milliy sertifikat egalari 20 foiz miqdorida ustama oladi.
Vazir jamg‘armasi hisobidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga beriladigan ustamalar
Malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida ustamalar beriladi.
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga har oy 100 – 150 foiz miqdorda ustama tayinlanadi
Xalqaro olimpiada g‘oliblari tayyorlagan o‘qituvchilar har oy 150 foiz, respublika bosqichi g‘oliblari 100 foiz ustama oladi.
Olis hududlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga beriladigan ustamalar
Ish stajiga qarab quyidagi ustamalar to‘lanadi:
- 6 oydan 3 yilgacha: 10 foiz
- 3-5 yilgacha: 20 foiz
- 5-10 yilgacha: 30 foiz
- 10-15 yilgacha: 40 foiz
- 15 yildan ortiq: 50 foiz
Qishloq joylarda ishlayotgan ayol jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga beriladigan 15 foizlik ustama
Qishloq joylardagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari 15 foiz ustama oladi.
Inkluyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga beriladigan qo‘shimcha ustama
Inkluyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga 10 foizdan 40 foizgacha ustamalar belgilanadi.
Nufuzli xalqaro reyting yoki PhD ilmiy daraja egalari uchun ustamalar
Bu pedagoglar lavozim maoshiga 15 foizdan 75 foizgacha ustama oladi.
Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga qo‘shimcha ustamalar
Menejerlik sertifikatiga ega direktorlar uchun 50 foiz, o‘rinbosarlar uchun 30 foiz ustama beriladi.
Xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlar uchun qo‘shimcha ustamalar
Medallar uchun:
- Oltin medal: 200 foiz
- Kumush medal: 175 foiz
- Bronza medal: 150 foiz