Pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarga yangi talablar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan.
Shu bilan birga, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024 o‘quv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabul qilish boshlanguniga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so‘raydi.
❗️Esalab o‘tamiz, o‘tgan yilgi qabulda sirtqi ta’lim shaklidagi quyidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish staji talab etilgan edi:
- Boshlang‘ich ta’lim
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikas
- Musiqa ta’limi
- Jismoniy madaniyat
- Texnologik ta’lim