Pedagoglar uchun malaka test sinovlari 29-oktabrda boshlanadi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi.
Malaka sinovlari real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlarini bajarish uchun:
-
Matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
-
Qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
Malaka sinovlarining:
-
Birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;
-
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Malaka (test) sinovlari o‘tkaziladigan manzillar:
-
Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)
-
Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)
-
Buxoro viloyati: Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlogʻi, 165-uy)
-
Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)
-
Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)
-
Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)
-
Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-umumtaʼlim maktabi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)
-
Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)
-
Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)
-
Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabi (Termiz shahar, “Farhod” MFY, Alisher Navoiy koʻchasi, 19-uy)
-
Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-umumtaʼlim maktabi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)
-
Xorazm viloyati: Urganch tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi (Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi, “Mevazor” MFY, Quvonch koʻchasi, 111-uy)
-
Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)