Pedagoglar uchun ogohlantirish: attestatsiya to‘lovi qaytarilmaydi

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILPedagog kadrlar uchun attestatsiyaga hujjat topshirishda e’tiborli bo‘lish shart. Hukumatning 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ayrim hollarda attestatsiya uchun to‘langan yig‘im pullari qaytarilmaydi.
Quyidagi holatlarda to‘langan pul qaytarilmaydi:
-
Attestatsiyadan voz kechgan;
-
Amaldagi malaka toifasini himoya qila olmagan;
-
Attestatsiyadan o‘ta olmagan;
-
Noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim qilgan;
-
Navbatdan tashqari hujjat topshirib, aslida navbatdagi (majburiy) attestatsiyada qatnashishi kerak bo‘lgan.
Bunday hollarda attestatsiya jarayoni to‘xtatiladi va hech qanday mablag‘ qaytarilmaydi (Nizomning 25-bandi asosida).
Pul qaytarilmaydigan xatolarni oldini oling:
❗️ To‘lov qilishdan oldin quyidagilarni tekshiring:
-
Siz uchun hozirgi attestatsiya **majburiy (navbatdagi)**mi yoki navbatdan tashqarimi?
-
Sertifikatingiz muddatini aniqlang, aks holda arizangiz rad etilishi mumkin.
-
Rasmiy manbalar orqali aniqlik kiriting.
Qachon pul qayta undirilmaydi?
Agar pedagog kadr uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyaga kela olmasa (masalan: tibbiy sabab, davlat vazifasida ishtirok, chet el safarlari, yaqin qarindoshning vafoti), attestatsiya boshqa muddatga ko‘chiriladi, ammo yig‘im qaytadan olinmaydi.