Bu yildan boshlab har yili Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan kvotalar faqat davlat granti uchun tasdiqlanadi

"Registon" o’quv markazining YouTube kanalida biologiya fanidan bepul tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.– Registon ta'lim loyihasi
Bu Prezidentning 279-son qarori (15.06.2022-y.) bilan belgilangan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha bu yildan boshlab har yili Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan kvotalar faqat davlat granti uchun tasdiqlanadi
Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;
To‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Davlat oliy taʼlim muassasalarining tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar kesimidagi ro‘yxati bu yerda:
Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud.