Qarzdorlik bilan o‘qishni ko‘chirgan talabalar qanday yo‘l tutishi kerak?
Birinchi semestrdagi qarzdorlik bilan o‘qishini ko‘chirgan talabalar aloqa xatini qanday olishi mumkin? Jarayon tafsilotlari va muhim ma’lumotlar maqolada.

Birinchi semestrda qarzdorligi bor talabalar uchun muhim ma’lumot
O‘qishini ko‘chirgan, biroq 1-semestrda yopilmagan fani (qarzdorligi) bor talabalar aloqa xatini olishda muammoga duch kelishi mumkin. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?
📌 393-sonli qarorga ko‘ra, agar talabaning birinchi semestrda yopilmagan fani bo‘lsa, uning o‘qishini ko‘chirishga bergan arizasi rad etilishi mumkin.
📌 Lekin 2024-yil qishki perevodda shartli ravishda qarzdorligi bor 1-kurs talabalarining arizalari qabul qilindi va ularning ko‘pchiligi o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etildi.
Bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?
- Aloqa xatini olish uchun 1-semestrdagi qarzdorlikni avvalgi oliygohingizda yopishingiz shart.
- Yangi transkript olishingiz kerak, unda 1-semestrdagi qarzdorlik butunlay yopilgan bo‘lishi lozim.
- Olingan transkript bilan o‘qishingizni ko‘chirgan oliygohga borib, aloqa xatini olish mumkin.
⚠️ Muhim farq
- 1-kurs 1-semestrdagi qarzdorlikni faqat avvalgi oliygohingizda yopishingiz mumkin.
- 2-kurs va undan yuqori kurslarda qarzdorlik bo‘lsa, yangi oliygohingizda yopishingiz mumkin.





