Qishki perevod haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi. Ular imtixon topshirishmaydimi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
— o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar amalga oshiriladi;
— o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi;
O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
— ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
— talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
— pasportning nusxasi.
Eslatib o‘tamiz, qishki perevod imtixonlarsiz, ariza asosida amalga oshiriladi