Talabalar yotoqxonasidagi o‘rinlar kurslar bo‘yicha qanday taqsimlanadi?
Bugun, 23:01
Talabalar turar joylaridagi bo‘sh o‘rinlar talabalar o‘rtasida belgilangan tartib asosida navbat bilan taqsimlanadi. Amaldagi me’yorlarga ko‘ra, yotoqxona o‘rinlarining asosiy qismi birinchi bosqich talabalariga ajratiladi.
Yotoqxona o‘rinlari kurslar kesimida qanday taqsimlanadi?
Yotoqxonada mavjud bo‘sh o‘rinlar sonidan kelib chiqib, taqsimot quyidagi ulushlarda amalga oshiriladi:
| Kurs | Ajratiladigan ulush |
|---|---|
| 1-kurs talabalari | 55–65% |
| 2-kurs talabalari | 15–20% |
| 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari | 20–25% gacha |
Mazkur tartib talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonida navbat asosida qo‘llanadi. Bo‘sh o‘rinlar soni va taqsimot oliy ta’lim muassasasida shakllangan holatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.